Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Bugun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining ochilish marosimida nutq so‘zladi.
Davlatimiz rahbari nutqida ta’lim sohasiga oid muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Prezidentimiz ma’lum qilganidek, respublikamizda YUNЕSKOning 8 ta kafedrasi, 24 ta hamkor maktabi faoliyat ko‘rsatmoqda. Toshkent va Farg‘ona YUNЕSKOning ta’lim shaharlari Global tarmog‘idan joy oldi. Shuningdek, yuzlab madaniy meros obyektlari ilg‘or texnologiya va xalqaro standartlar asosida restavratsiya qilindi.
“Samarqanddagi Bosh konferensiya doirasida yurtimizda qator qo‘shimcha tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, ko‘hna Buxoroda ilk marta zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tmoqda, poytaxtimizda YUNЕSKO shafeligida Maktabgacha ta’limni rivojlantirish mintaqaviy markazi ochiladi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi YUNЕSKO – O‘zbekiston xalqaro mukofotining sovrindorlarini taqdirlaymiz, muzeylar faoliyatida sun’iy intellektning o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman tashkil etilmoqda, oliy ta’lim sohasidagi kvalifikatsiyalarni tan olishga oid Global konvensiyaga ham qo‘shilamiz”, dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari Jahon professional ta’lim sammitini o‘tkazish, “Sun’iy intellekt – maktab” namunaviy loyihasini amalga oshirish, Sun’iy intellekt etikasi bo‘yicha xalqaro ekspertlar anjumanini o‘tkazish kabi muhim tashabbuslarni taklif etdi.
Ma’lumot uchun: konferensiya so‘nggi 40 yil ichida ilk bor YUNЕSKO Bosh qarorgohidan tashqarida – ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand zaminida bo‘lib o‘tmoqda.