Buxoro viloyatida maktabgacha ta’lim xodimlari uchun ko‘chma malaka oshirish kurslari boshlandi
Buxoro viloyatida maktabgacha ta’lim xodimlari uchun ko‘chma malaka oshirish kurslari boshlandi
✅Joriy yilning 2-oktabr kunidan boshlab Buxoro viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bilan hamkorlikda pedagog xodimlar uchun ko‘chma uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslari boshlandi.
Buxoro pedagogik instituti binosida tashkil etilgan kurslarda direktor o‘rinbosarlari, psixologlar, defektologlar, logopedlar hamda nodavlat MTT tarbiyachilaridan iborat jami 359 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda.
🗓 7-oktabr kuni Maktabgacha ta’lim instituti rektori, professor N.Abdullayeva kurs tinglovchilari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
➡️Mazkur ko‘chma malaka oshirish kurslariga institutning 10 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.