Ilm va tarbiya yana bir sahnada!
Bugun, 14-noyabr kuni Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida “Science and Innovation” xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida “Uzluksiz tarbiyaviy jarayon subyektlarida huquqbuzarlikka qarshi immunitetni shakllantirish strategiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
🤩Anjuman kuy-qo‘shiqlar bilan boshlab berilib, tashrif buyurganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Bugungi konferensiyani Ta’lim tashkilotlarida tarbiyaviy ishlarni va chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Kamolov Azamat Jamolovich ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovich ham yoshlar orasida tarbiya masalasiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
✅Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakili, IIV Jamoat xavfsizligi departamentidan vakil, Olmazor tumani Sebzor MFY raisi, Ota-onalar va vasiylik kengashi raisi hamda boshqa ishtirokchilar qatnashdi.