Kecha yurtimiz bo‘ylab barcha ta'lim muassasalarida navbatdagi "Kelajak soati" darslari bo‘lib o‘tdi
Tadbir avvalida 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 34 yilligiga bag‘ishlab, savol-javob va taqdimotlar tashkil etildi.
➖ Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, UNICEF va "Zamin" xalqaro jamoat fondi hamkorligida, “20-noyabr — Jahon bolalar kuni” munosabati bilan ochiq dars ham bo‘lib o‘tdi.
Unda bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning iqtidorini qo‘llab-quvvatlash hamda sifatli ta’lim olishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
📊 "Kelajak soati" mashg‘ulotlarida butun Respublikadan 9 mln nafarga yaqin MTT tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilar va talabalar ishtirok etishdi.
🔰 Dars davomida ustozlar tomonidan jahon tajribasi, yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib berildi. Shuningdek, o‘quvchilarning fikr-mulohazalariga quloq tutildi.
🔴 Fotolavhalarda hududlardagi jarayonlar aks etgan.