“Kelajak soati” 14-mavzu

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARI UCHUN DAVRA SUHBATI:

“MENING HUQUQLARIM”

 

Davra suhbatining maqsadi:

- Bolalarda oʻz huquqlarini bilish va hurmat qilish hissini uygʻotish.

- Inson huquqlari va bolalar huquqlari haqida oddiy va tushunarli bilim berish.

- Bir-birini hurmat qilish.

-Teng huquqlilikka oʻrgatish.

Kutilgan natijalar:

- Bolalar oʻz huquqlari haqida ayta oladi.

- Har bir bola oʻz fikrini erkin bayon qiladi.

- Oʻzaro hurmat va doʻstlik muhiti yaratiladi.

Kerakli jihozlar:

“Mening huquqlarim” mavzusida rasmli plakatlar.

Bola huquqlari toʻgʻrisida qisqa rasmli kitobcha.

Savol-javob kartalari. Masalan: “Buvisining ko‘zoynagini o‘ynab, sindirib qoʻysa, kim javobgar?”, “O‘qishga borish huquqmi yoki majburiyatmi?”.

Smart-doska yoki proyektor.

Davra suhbatining davomiyligi: 7-10 daqiqa.

 

 

I.KIRISH

Tarbiyavchi: Assalomu alaykum, shirin bolajonlar! Bugun biz juda qiziqarli mavzu haqida gaplashamiz. Har biringizning o‘z huquqingiz bor. “Huquq” deganda siz qila oladigan, sizga ruxsat etilgan yaxshi ishlar tushuniladi. Keling, rasmlarga qaraymiz va nima ekanini birgalikda topamiz.

Tarqatiladi: rasm kartochkalari

     

Bolalarga turli holatlar aks etgan rasmlar koʻrsatiladi:

Savollar sodda bo‘ladi:

  • Bu bola nima qilyapti? (Kitob o‘qiyapti → “O‘qishga haqqim bor.”)
  • Bu bola nima qilyapti? (O‘ynayapti → “O‘ynashga haqqim bor.”)
  • Bu bola kim bilan? (Oilasi bilan → “Mehr ko‘rishga haqqim bor.”)

Birgalikda qaytaramiz va yod olamiz!

“Men o‘ynashga haqliman!”
“Menga mehr berishadi!”

“Meni hech kim xafa qilishga haqqi yoʻq!”

 

Tarbiyachi:

Bilasizlarmi, bolajonlar, yana bir necha kundan so‘ng Konstitutsiya bayrami bo‘ladi. Bayram kuni sizlar bog‘chaga kelmaysizlar, hamma dam oladi. Konstitutsiya va qonunlar nimaligini bilasizlarmi?

 

Bolalarning javobi

 

Tarbiyachi:

Konstitutsiya – bu eng katta qonunlar kitobi. Qonunlar esa bizlarning tinch va yaxshi yashashimiz, hamma ishlar to‘g‘ri bajarilishi uchun yozilgan tartib-qoidalardir. Kelinglar, shu haqida video tomosha qilamiz:

Vizual kontent

Qonunlar tarixiga sayohat qilamiz!

 

Tarbiyachi:

Endi esa bir o‘yin o‘ynaymiz.

 

Interfaol o‘yin

“To‘g‘rimi yoki yo‘q?” (3 daqiqa)

Tarbiyachi bolalarga quyidagi savollarga “Ha” va “Yo‘q” deyishni aytadi.

 

Savol

To‘g‘ri javob

Bola bog‘chada o‘ynashi mumkinmi?

Ha

Do‘stini urish yaxshi ishmi?

Yo‘q

Bola bemor bo‘lsa shifokorga boradimi?

Ha

O‘yinchoqlarni tortib olish mumkinmi?

Yo‘q

Ota-onasi bolaga mehr berishi kerakmi?

Ha

Yo‘lda yugurib o‘tish xavfsizmi?

Yo‘q

 

Xulosa. Yodda qoladigan kichik shior (1 daqiqa)

Bolalar birgalikda takrorlaydi:

“O‘ynayman, o‘qiyman — bu mening huquqim!”

“Hech kim meni xafa qila olmaydi!”

“Mehr-sevgi — mening haqqim!”

Tarbiyachi yakunlaydi:

Bugun biz juda muhim narsani bilib oldik. Har biringiz mehrga, o‘yin va bilimga loyiqsiz. O‘zingizni ham, do‘stlaringizni ham hurmat qiling!