“Kelajak soati” 19-mavzu
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILAR UCHUN DAVRA SUHBATI:
“ERTAKLAR YAXSHILIKKA YETAKLAR”
Davra suhbatining maqsadi:
-bolalarda yaxshilik, mehr, do‘stlik tushunchalarini shakllantirish;
-ertaklarga qiziqish uyg‘otish;
-og‘zaki nutqni rivojlantirish.
Kutilayotgan natija:
-ma’naviy-axloqiy koʻnikmalarni shakllantirishga e’tibor qaratiladi.
-ertaklardagi yaxshi qahramon obrazlari orqali yaxshilik ulashuvchanlik fazilatlariga o‘rgatiladi.
-yaxshilik va yomonlik sifatlarini qanday amaliy ishlarda namoyon bo‘lishi tushuntiriladi.
Kerakli jihozlar:
-Ertak kitoblari (rangli rasmlar bilan);
-Ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar yoki kartochkalar;
-Yumshoq o‘yinchoqlar (quyoncha, ayiqcha, jo‘ja va boshqalar);
-Doska va magnitlar;
-Rag‘batlantirish uchun yulduzcha yoki smayliklar.
Davra suhbatining davomiyligi: 7-10 daqiqa.
KIRISH QISMI:
Tarbiyachi:
– Assalomu alaykum, aziz bolajonlar! Bugun biz juda qiziqarli mavzuda suhbatlashamiz.
Tarbiyachi (qo‘lida chiroyli muqovali ertak kitobini ko‘tarib):
– Bolajonlar, qaranglar-chi, qo‘limda nima bor?
Bolalar: – Kitoob!
Tarbiyachi: – Bu oddiy kitob emas. Bu – ertaklar kitobi.
Ertaklar ichida sehr bor. Ular bizga hayotni o‘rgatadi.
– Ayting-chi, qanday ertaklarni bilasiz?
Bolalar javoblari tinglanadi.
Tarbiyachi (to‘ldiradi):
– To‘g‘ri, juda ko‘p ertaklar bor. Ularni sizlarga buvilaringiz, bobolaringiz, ota-onangiz va aka-opalaringiz aytib berganlar.
Ertaklarda qahramonlar bo‘ladi. Ular ba’zan quyoncha, ba’zan qizcha, ba’zan oddiy bola bo‘ladi. Lekin ularning barchasida bitta muhim xususiyat bor: ular yaxshilik bilan yomonlikni farqlashni o‘rgatadi.
Savol (motivatsion):
– Sizlar o‘zingizni biror ertak qahramon bo‘lishni xohlaysizmi?
Bolalar: “Ha!”
Tarbiyachi: – Qahramon bo‘lish uchun kuchli bo‘lish shart emas.
Qahramon bo‘lish uchun mehribon va to‘g‘rilik tarafdori bo‘lsak kifoya.
(Tarbiyachi yumshoq o‘yinchoqni oladi)
– Mana bu quyoncha ertak qahramoni bo‘lsa, u qanday bo‘lardi?
– Mehribonmi?
– Yordam beradimi?
Bolalar javob beradi.
Tarbiyachi (xulosa qilib):
– Demak, ertaklar shunchaki hikoya emas.
Ertaklar bizni yaxshi inson bo‘lishga tayyorlaydi.
Hozir biz Zuhra buvidan bir ertakni tinglaymiz. Diqqat bilan eshitinglar, unda ham siz sevgan ertak qahramonlari bor, juda qiziq ertak.
Vizual kontent
“Doktor ayiq” – ertak
XULOSA
Tarbiyachi:
– Bolajonlar, ertakdan qanday xulosa chiqarsak bo‘ladi?
Demak, ertaklar bizlarni yaxshilikka o‘rgatar ekan. Kelinglar, biz ham ertak qahramonlari kabi mehribon, yordamchi va odobli bo‘laylik!