“Kelajak soati” 5-mavzu

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

 

Metodologiya

Dars ssenariysi

 Dastlabki 10 daqiqada mavzuning siyosiy-ijtimoiy ahamiyati, davlat rahbari tomonidan ayni mavzuga oid amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar bayon etiladi.

1      Kirish. Motivatsion qism  (10 daqiqa)

Dars avvalida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh assambleyasining 80-sessiyasida oʻqituvchi va murabbiylar obroʻsini oshirish haqidagi fikrlari aks etgan rolik namoyish etiladi.

 

 

1-qism. Ustoz hayot yo‘lini yorituvchi nurdir.

O‘qituvchi : Aziz o‘quvchilar! Darsimizni boshlaymiz. Diqqat bilan monitorga qarang! Uchta rebus berilgan. Birinchi qator o‘quvchilari birinchi rebusni, ikkinchi qator o‘quvchilari ikkinchi rebusni, uchinchi qator o‘quvchilari esa uchinchi rebusni bajarishi kerak. Tayyormisiz?

O‘quvchilar: Haaa  

(O‘quvchilar yoshini inobatga olgan holda o‘qituvchi rebuslarni bajarish yuzasidan  izoh beradi)

 

  -  a  +  oz

 

  • +  iy
  •  

+  t+ -qur

 

O‘qi +  - ik

 

Qani bolalar, ayting-chi, kim rebusni yecha oldi? Qanday so‘zlar hosil bo‘ldi?

1-jamoa: Ustoz

2-jamoa: Murabbiy

3-jamoa: O‘qituvchi

O‘qituvchi: Barakalla, o‘quvchilar! Yashiringan so‘zlar  “Ustoz”, “Murabbiy”  “O‘qituvchi” so‘zlari edi.  Sizga bu topshiriqni  bejizga bermadim. Chunki, bugungi darsimiz siz kabi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya beruvchi mehribon inson -  ustozlar haqida.

Shodlik, quvonchlarga to‘la barcha qalb

Bu aziz dargohda bayramdir bugun.

Bilimga erishgan baxtimiz sabab

Biz ta’zim qilamiz ustozlar uchun!

 

              

 

O‘qituvchi: Sizga ilk bor yozishni, o‘qishni  o‘rgatgan kim?

O‘quvchilar: Ustoz

O‘qituvchi: Xato qilsak, to‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan kim?

O‘quvchilar: Ustoz.

O‘qituvchi: Siz ustozingizni yaxshi ko‘rasizmi?

O‘quvchilar: Haa

O‘qituvchi: Unda, keling, ustozlar haqidagi ba’zi ma’lumotlarga to‘xtalib o‘tamiz. Bilasizmi, o‘qituvchilar barcha xalqlarda hurmat bilan tilga olinadi.

Mana, masalan, Xitoyda ustozni bilimlarni oqizib keltiruvchi daryoga, Fransiyada ustoz aql eshigini ochuvchi kalitga, Hindistonda ikkinchi ota-onaga, Turkiyada qalblarga mehr urug‘ini sochuvchi bog‘bonga, Qozog‘istonda yo‘llarni yorituvchi chiroqqa, Rossiyada esa ustozlar qalb me’moriga qiyoslanadi. Bizning dono xalqimiz esa “Ustoz otangdan ulug‘” deb ta’riflaydilar. Ko‘ryapsizmi bolajonlar, birgina ustozga yuzlab ta’riflar berish mumkin ekan. Qani, bolalar, siz ustoz deganda qanday insonni tushunasiz? Siz ustozlarga qanday ta’rif bergan bo‘lardingiz?

(O‘quvchilar ustozga ta’rif beradi) 

 

 

Barakalla! Chindan ham, o‘qituvchining har bir bola qo‘liga qalam  tutqazib harf o‘rgatishi kelajakda ularga bilimlar eshigini ochuvchi bir kalit bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda o‘qituvchilarning mehnati qadrlanadi. So‘nggi yillarda o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifatini yanada oshirishga qaratilgan  ishlarni aytib o‘tsak:  o‘qituvchilarga munosib ishlash sharoiti yaratildi,  ularning mashaqqatli mehnatini rag‘batlantirish maqsadida turli tanlovlar e’lon qilindi, davlat mukofotlari joriy etildi. Hatto, o‘qituvchilar obro‘-e’tiborini oshirishga qaratilgan qonunlar ham ishlab chiqildi. Bularning barchasi o‘qituvchilikdek sharafli kasbini ulug‘lash, jamiyatimizda ustozlar mavqeyini oshirishga qaratilgan ishlardir.

 1997-yil 1-oktabrdan respublikamizda 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni’’ umumxalq bayrami deb e’lon qilindi va bu kun har yili bayram sifatida nishonlanadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ustozlarni ulug‘lab shunday deydilar: Maktab eng muhim muassasa, o‘qituvchi esa eng muqaddas kasb egasi. Men uchun o‘qituvchi-nur taratuvchi shaxsdir.                                                                                                     

(O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda savol-javoblar orqali Prezident so‘zlari mazmunini  izohlab, tushuntirib ketadi)

O‘qituvchi: Aziz, o‘quvchilar, Prezidentimiz maktabga qanday ta’rif beribdi?

O‘quvchi: Eng muhim joy, makon - maktab deganlar.

O‘qituvchi: O‘qituvchini nimaga o‘xshatganlar?

O‘quvchi: Nur taratuvchi quyoshga

O‘qituvchi: O‘qituvchilik kasbini-chi?

O‘quvchi: Kasblar ichidagi eng muqaddasi, deganlar.                                                                                               

Keling, Billura Ikromova  haqida lavha tomosha qilamiz. Billura Ikromova Buyuk Britaniyada tahsil olgan va Romitandagi 38-maktabda o’qituvchilik qilmoqda. Olis cho’l hududidagi maktabga borish uchun Billura har hafta 250 km masofani bosib o’tadi va uning o’quvchilari yutuqlarga erishmoqda. Video tugaganidan keyin o‘qituvchi o‘quvchilarga Billura Ikramovaga Prezident tomonidan avtomashina berilgani haqida fikrlashadi.

 

 

Savol-javob qismidan keyin, o‘qituvchi o‘quvchilar uchun ustoz so‘zining tarixini sharhlab beradi.

                         Aslida, “Ustoz” so‘zi qanday ma’noni anglatadi? (O‘quvchilar fikri) tinglan

 

     

 

     

 

 Katta-katta g‘alabalarga erishgan buyuk shaxslar ham yutuqlari zamirida ustozlarining mehnati borligini aytadilar.

 Buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy ham ustozlarni ulug‘lab shunday deydi:

 

       

 

Sun’iy intellekt orqali  tayyorlangan Alisher Navoiy ta’zim qilgan bolakay haqida videolavha namoyish qilinadi.  

 

 

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar,  Alisher Navoiy bobomiz haqida tayyorlangan ushbu lavhada nima deyilgan? Nima uchun? (O‘quvchilar fikri tinglanadi)

O‘qituvchi: To‘g‘ri bolajonlar, Alisher  Navoiy bobomiz biror bilimni egallash yo`lida bizga qiyinchiliklar bilan saboq bergan ustozlarning mashaqqatli mehnatlari haqini hech nima bilan to‘lab bo‘lmasligini, hatto ularning avlodlariga ham hurmat bajo keltirish kerakligini aytganlar.

                                                                                   

2-qism.

Har ishning bir ustasi bor,

Har bir ustaning ustozi bor

        O‘qituvchi:  Aziz o‘quvchilar, odatda kasb-hunarga o‘rgatadigan ustozlarni usta deb aytamiz. Hozirgi kunda, yurtimizda o‘z ishining ustalari ya’ni ustozlari bor. Biz ularni ham ustoz maqomida ko‘ramiz. Siz masalan qaysi kasblarga qiziqasiz? Bu kasbning ustalarini taniysizmi?

O‘quvchilarning javoblari tinglanadi, so‘ngra videolavha taqdim qilinadi.

“Kulolga shogird tushdim” – Eksperiment

Keling, shu o‘rinda tengdoshilar Sirojiddinning qaysi kasbga qiziqib, nima hunar o‘rgangani haqida lavha tomosha qilamiz

9 yoshli Sirojiddin rishtonlik kulolga shogird tushib kulolchilikni o’rganishga qaror qildi. Shogirdlikning birinchi kuni qanday oʻtdi, deb oʻylaysiz?

 

 

O‘qituvchi:  Keling mavzuga boshqa tomondan yondashib ko‘ramiz. Bir tasavvur qiling-a, bir kun bog‘chalarda tarbiyachilar, maktablarda ustozlar, sport murabbiylari bo‘lmasa, bolalarning ta’lim- tarbiya olishi qanday bo‘lar edi?

(Bolalar birin-ketin javob beradilar. Asosan, quyidagicha javoblar bo‘lishi mumkin)

-  Bilim olishimiz juda qiyin bo‘lar edi

-  O‘zimiz kitoblarni o‘qib bilim olamiz

-  Darslar juda shovqinli bo‘ladi, hech kim bir-birini tinglamaydi

-  Qiyin masalalarni bajarishga qiynalamiz

-  1-sinfga kelgan o‘quvchilar o‘qish va yozishni bilmay qolishadi.

Ha, ustozlarning hayotimizdagi o‘rni beqiyos. Ular borki, yosh avlod ta’lim-tarbiya oladi, yangidan yangi bilimlarni egallab, g‘alabalarga erishadi. Chunki, ustozsiz ta’lim poydevorsiz uy kabidir. Poydevorsiz uy qulab ketishi qanchalik oson bo‘lsa, insonning ustozsiz ilm olishida ham kamchiliklar kuzatiladi.

Shuning uchun ham shoirlar ustozlarni ulug‘lab she’r yozishgan, xonandalar qo‘shiq kuylashgan.  Siz ham ustozlarga bag‘ishlangan she’rlardan aytib bera olasizmi?

O‘quvchilar:-Ha, albatta.

 (O‘quvchilar o‘z fikrlarini bildiradilar, ustozlar haqida o‘zlari yod olgan she’rlarni aytib beradilar).

O‘qituvchi: - Ustozlar haqida qo‘shiqlar ham bor, shulardan birini karaoke shaklida kuylaymiz.  Karaoke. Sanobar Rahmonovaning mashhur “Ustozlar” qoʻshigʻini birgalikda kuylaymiz.

 

 

Interaktiv o‘yinlar

“Maqolni to‘ldir” o‘yini.

O‘qituvchi: - Ustoz va uning mashaqqatli mehnatini ulug‘lab dono xalqimiz tomonidan maqollar ham yaratilgan. Keling, hozir birgalikda mana shunday maqollar bilan tanishamiz.

 (Bu o‘yinda o‘quvchilar ikki jamoaga bo‘linadilar. Birinchi jamoa a’zosi maqolning birinchi qismini aytadi. Ikkinchi jamoa a’zosi maqolni davom ettiradi. O‘yin aytilgan maqol davom ettirilmay qolguncha davom etadi. Oxiri qolgan jamoa g‘olib bo‘ladi va rag‘batlantiriladi)

Bilim kaliti …  ( ustoz qo‘lida)

Mehr — ustozda, … ( donolik — so‘zda)

Ustoz - … (otangdan ulug‘)

Ilm — xazina,  … (ustoz — kalit)

Ustozsiz ilm ,....(ildizsiz daraxt)

Ustoz bilimli, … (shogird ilmli)

Usta bo‘lsang, … (ustozingni unutma)

 

O‘qituivchi: - Ha, ustozlar quyoshga o‘xshaydi. O‘z bilimi bilan atrofni yoritadi, qalblarni isitadi. Har bir fan oʻqituvchisi muhim. Har bir fan bizni rivojlantiradi, har bir ustoz bizni kamolga yetkazadi. Navbatdagi kontentda shu haqida hikoya qilamiz.

Video sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan.

 

 

“Mehr guldastasi” o‘yini (Bunda doskaga guldastaning poyali qismi maketi yopishtiriladi. O‘quvchilarga turli gul shaklida qirqilgan qog‘ozlar beriladi. O‘quvchilar gullarga  ustozlarining o‘zlari uchun eng yoqimli fazilatlarini yozib, guldastaga yopishtiradilar)

   

O‘qituvchi: Aziz, o‘quvchilar, maktabda sizga sinf rahbaringizdan tashqari yana bir nechta fan ustozlari ham bilim berib kelmoqdalar. Hozir sizda eng yaxshi ko‘rgan ustozingizning sizga yoqqan fazilatini yozib berish imkoniyati berildi. Siz bu imkoniyatdan foydalanib, doskadagi “Mehr guldastasi”ga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

3-qismUstoz -otangdan ulug‘

 (O‘quvchilar hafta hikmatini takrorlaydilar)

Hafta hikmati : 

     Sizdan boshlanadi asli tafakkur,

     Munis muallimlar sizga tashakkur! (Abdulla Oripov)

         O‘qituvchi:  Chindan ham ustoz – buyuk zot. Bolaligimizdanoq qalbimizga ezgulik urug‘larini sochadi. Qo‘limizdan tutib o‘qishni, yozishni  o‘rgatadi.  Mehr-muhabbat ulashadi. Biz erishayotgan ulkan yutuqlarimiz, qo‘lga kiritayotgan g‘alabalarimizda ularning hissasi katta. Shu sabab, ustozlarni  “Ustoz – otangdan ulug‘” deb qadrlagan xalq farzandlarimiz.