“Kelajak soati” 7-mavzu

Boqiy shaharlarimiz

  Metodologiya

Dars ssenariysi

 Dastlabki 10 daqiqada mavzuning siyosiy-ijtimoiy ahamiyati, davlat rahbari tomonidan ayni mavzuga oid amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar bayon etiladi.

 

 KIRISH. “O‘zbekiston dunyo tanigan yurt”  

O‘qituvchi: Aziz talabalar!

Agar sizga tanlash imkoni berilsa-yu Londonga borasizmi yoki Samarqandgami, deb so‘ralsa, qayerga borgan bo‘lar edingiz?

Ko‘pchilik London deyishi mumkin, lekin London 1000 yil avval hali shahar emasdi. Samarqand, Buxoro, Xiva yoki Toshkent esa o‘sha paytda allaqachon ilm va sivilizatsiya markazi bo‘lgan.

Shunday ekan, kelinglar, dunyo xaritasidagi eng qadimiy, ammo hali ham navqiron shaharlar haqida gaplashamiz.

Qanday tarixiy va navqiron shaharlarimizni bilasiz?

Talabalar javobi.

O‘qituvchi: Juda to‘g‘ri. Haqiqatdan ham Samarqand, Buxoro, Xiva, Urganch, Qo‘qon, Toshkent, Shahrisabz, Termiz, Marg‘ilon, Qarshi kabi qadimiy shaharlarimiz bor. Bu shaharlar boy tarixi, bebaho madaniyati, me’moriy obidalari bilan dunyoga dong‘i ketgan.

 Amir Temur bobomiz: “Agar kimda-kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin”, deya qiyosi yo‘q obidalarga ta’rif bergan. Mirzo Ulug‘bek 1424-1428-yillаrdа Samarqandda rаsаdxonа qurdirdi. Doirа shаklidа bino qilingаn bu ulkаn imorаtning аylаnаsi 47 metr, bаlаndligi 31 metr edi. Boburning yozishichа, u uch qаvаtli bo‘lgаn. Rаsаdxonа ichki devorlаridа koinot-u Yer shаrining umumiy mаnzаrаsi tаsvirlаngаn bo‘lib, bino аholi o‘rtаsidа “Hаqshi jаhon” degаn nom bilаn shuhrаt topаdi.

O‘z oldimizga yurtning qadim shuhratini qayta tiklash, shonli tarixini qayta yozish, “Uchinchi Renessans” poydevorini qo‘yishni maqsad qilgan xalqmiz.

O‘qituvchi: Endi esa, bir jumboqli o‘yin o‘ynaymiz. Ya’ni yurtimizdagi qadimiy obidalar va an’anaviy maktablarni qanchalik yaxshi bilishingizni tekshiramiz.

Ekranda “Boqiy shahar tasvirlari aks etgan jumboq” ko‘rinadi. Jumboqni boshlashdan avval o‘qituvchi undagi obidalar va an’anaviy maktablar nomlarini daftarga yozishni aytadi. Keyingi rolikda javoblar tekshiriladi.

Vizual kontent:

Boqiy shahar obidalari va an’anaviy maktablar nomini toping (jumboq)

 

O‘qituvchi: Bu shaharlar yuz emas, ming yillar davomida saqlanib qolgan. Shuning uchun ularni boqiy shaharlar deyishadi. Endi javoblaringizni tekshiramiz.

Vizual kontent

Boqiy shahar obidalari va an’anaviy maktablar. Javoblarni tekshiring!

 

2-qism. Asosiy (Islohotlar mohiyati).

Bilasizmi, bugun O‘zbekiston sayyohlik sohasidan yiliga qancha daromad qiladi? Qani javob berishga urinib ko‘ring-chi?

Talabalarning javobi:

O‘qituvchi: Ha, aniqroq aytadigan bo‘lsak, 2025-yilga kelib bu ko‘rsatkich 3,5 mlrd. AQSh dollariga yetdi!

Siz talabalar, bu mablag‘ning iqtisodiyotimiz uchun, aholi farovonligi uchun qanchalik muhim ekanini yaxshi bilasiz.

Haqiqatdan ham, bugun O‘zbekiston – Markaziy Osiyoning yuragi, javohiri sifatida yirik turizm markaziga aylanmoqda.

Mintaqaning boshqa mamlakatlarida bunday salohiyat, bunday tarix yo‘q!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi poydevoriga tamal toshi qo‘ygan paytda:

“Hamma o‘z tarixini ulug‘laydi. Lekin bizning mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yo‘q. Bu merosni chuqur o‘rganishimiz, xalqimizga, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak”, deb alohida ta’kidlagan edi.

Shuning uchun ham turizm sohasi eng tez rivojlanayotgan 20 ta davlat ro‘yxatida O‘zbekiston 4-o‘rinda qayd etildi (UNWTO, 2020 yil).

Endi savol tug‘iladi, xo‘sh, xorijlik sayyohlar O‘zbekistonga nima uchun keladi?

Talabalar javobi.

O‘qituvchi: To‘g‘ri va tabiiyki, ular avvalo Samarqand, Buxoro, Xiva singari qadimiy shaharlarimizni, millatning buyuk o‘tmishiga daxldor tarixiy obidalarimizni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish, muqaddas qadamjolarimizni ziyorat qilish uchun keladi.

Bundan xulosa shuki, bobolarimiz o‘zlari bunyod etgan imoratlari evaziga bizga shunday katta daromad manbasini, shon-shuhratni meros qoldirgan.

Bugun bizning asosiy burchimiz ana shu tarixiy merosni asrab-avaylashdan iborat.

Hozir shu haqida bir rolik ko‘ramiz.

Vizual kontent:

Samarqanddan Shoshtepagacha – ular feniks qushi – Nodir Nishonov

Bu boradagi islohotlar uch yo‘nalishda madaniy meros obyektlarini ta’mirlash, targ‘ib qilish va turizmni rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilmoqda.

Ta’mirlash: Avvalo, mamlakatimizda “Madaniy meros agentligi” tashkil etildi.

Qadimiy shaharlarning tarixiy yodgorliklarini restavratsiya qilish ishlari YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshirmoqda.

Shu maqsadda Prezident Farmoni (26.05.2020 -6000-son) asosida YUNESKO shafeligida Xalqaro maslahat qo‘mitasi tashkil etildi.

So‘nggi 5 yilda ushbu maqsadlarga katta mablag‘lar ajratildi. 

Misol uchun, 2020-yilda tarixiy obidalarni ta’mirlashga 22,8 mlrd. so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 3,2 barobarga o‘sdi.

“Buxoro”, “Samarqand”, “Ichan qal’a”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalari chegaralari aniq belgilandi va muhofazaga olindi.

Targ‘ib qilish: 2019-yilda Qo‘qon shahrida YUNESKO shafeligida 1-“Xalqaro hunarmandchilik festivali” o‘tkazildi va shaharga “Dunyo hunarmandlari shahri” maqomi berildi. Termiz shahrida boshlangan “Xalqaro baxshichilik san’ati” festivali butun Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazildi.

Samarqand shahrida an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro festivali, Shahrisabzda “Xalqaro maqom san’ati” festivali, Buxoro shahridagi “Ipak va ziravorlar” festivali, Marg‘ilon shahridagi “Atlas bayrami” forumlarida dunyoning ko‘plab davlatlaridan madaniyat va san’at namoyandalari ishtirok etmoqda.

2021-yildan boshlab “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali o‘tkazildi.

Vatanimizning qadimiy va boy tarixini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida “Oʻzbekiston tarixi” telekanali tashkil etildi.

TURIZMNI RIVOJLANTIRISH:

O‘zbekiston juda katta turizm salohiyatiga ega.

Yurtimizda jami 7 ming 400 ta madaniy meros ob’ektlari mavjud.

Ulardan 209 tasi 4 ta muzey shaharlar – Xiva shahridagi Ichan qal’a, Buxoro, Shahrisabz shahrining tarixiy markazi va Samarqand shahrida joylashgan.

2019-2025-yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirish Konsepsiyasi asosida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.

So‘nggi 8 yilda sayyohlik sohasiga 6 mlrd. 500 mln. dollar sarmoya kiritilib,

130 mingta mehmonxona o‘rni ochildi.

Mamlakatda 20 ta turizm qishlog‘i, Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy”, “Ugam River” turizm zonalari, Parkent tumanidagi “Oltin bel” cho‘qqisida yangi xalqaro tog‘-chang‘i zonasi barpo etildi.

“Angren-Pop” temir yo‘li ochildi.

Buxoro, Qarshi, Shahrisabz va Xiva shaharlariga tezyurar poyezdlar uchun elektr temir yo‘llari ochildi.

Natijada, 2017-yilda O‘zbekistonga 2 mln. 700 ming sayyoh kelgan bo‘lsa, 2025-yilga kelib xorijlik sayyohlar soni ilk bor 10 mln.lik marradan o‘tdi va 4 barobarga oshdi.

Endi yana e’tiboringizni monitorga qaratishingizni so‘rayman:

 

Vizual kontent

Boqiy shaharlardagi obidalarga nima uchun boramiz?

 

III qism. Boqiy shaharlarning buyuk tarixi.

Interfaol mashg‘ulot:

1. O‘zbekistonning qaysi qadimiy shaharlarida bo‘lgansiz? Taassurotlaringiz?

2. O‘zingiz tug‘ilib o‘sgan shahar tarixi, uning me’moriy obidalari haqida bilasizmi?

O‘qituvchi: Samarqand shahrining ko‘rki bo‘lgan Registon ansambli yaratilish tarixini bilasizmi?

Talabalar javobi.

O‘qituvchi: Albatta, fikrlaringiz juda qimmatli.

3000 yillik tarixga ega bo‘lgan va hamisha navqiron Samarqand shahri qadimgi so‘g‘diy hujjatlarda “Samarkant”, qadimgi Yunon va Rim mualliflari asarlarida “Marakanda”, “Marganda” shakllarida uchraydi.

Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy va Zahiriddin Muhammad Bobur asarlarida esa shahar nomi “Semizkent” bo‘lgani va “Semiz (boy) shahar” ma’nosini bildirgani bayon etilgan.

Samarqand qadimgi So‘g‘diyona davlati, Amir Temur imperiyasi poytaxti sifatida ham mashhur.

Turli davrlarda bu yerda jahon mumtoz adabiyotining namoyandasi Rudakiy va olim hamda shoir Umar Xayyom, kalom ilmining asoschisi Abu Mansur Moturudiy va fiqx ilmining bilimdoni Burhoniddin Marg‘inoniy, Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandasi Xo‘ja Ahrori Valiy, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiylar yashab ijod etdilar.

Hadis ilmining buyuk bilimdoni Imom Ismoil al-Buxoriy Samarqand yaqinida abadiy qo‘nim topdi.  Sharof Rashidov, Islom Karimov kabi davlat va jamoat arboblari shu zaminda kamol topdilar.

Samarqand dunyoning borib ko‘rish tavsiya etilgan 50 ta eng buyuk  shaharlari ro‘yxatiga kiritilgan va Afina, Rim, Parij, Bag‘dod kabi shaharlar bilan bir qatorda e’zozlanadi.

Har yili 18-oktyabr Samarqand shahri kuni sifatida keng nishonlanadi.

Bu kun 1996-yilda, Amir Temurning 660 yillik yubileyida shahar “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlanganidan so‘ng belgilangan. Bugungi kunda ham bu sana Samarqandda keng nishonlab kelinadi.

Samarqand haqida noyob va ilmiy qiziq faktlar

1. Samarqand kosmik shahar

NASA sun’iy yo‘ldoshlari orqali olingan suratlarda Samarqand tungi vaqtda jahon xaritasida yorug‘lik markazi sifatida ko‘rinadi. Bu uning aholi zichligi emas, balki, arxitekturasidagi o‘z-o‘zini aks ettiruvchi nurlanish effekti bilan bog‘liq. Registon maydonidagi g‘isht va sirlar quyosh nurini kunduzi yig‘ib, kechasi qayta aks ettiradi bu “foton xotira” deb ataladi.

2. Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi dunyodagi eng aniq astronomik inshoot

XV asrda qurilgan Ulug‘bek rasadxonasidagi sekstant hozirgi teleskoplardan ham aniqroq bo‘lgan. U bilan astronomlar yil uzunligini 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund deb hisoblashgan bu zamonaviy hisobdan faqat 1 minut 2 sekundga farq qiladi. Bu natija haligacha jahon ilm tarixida rekord sifatida saqlanib keladi.

3. Samarqand qog‘ozi nanotexnologiyaning ilk namunasi. Samarqand qog‘ozi tut daraxtining tolasidan tayyorlangan, uning mikroskopik tuzilishi hozirgi nanosellyuloza materiallarga o‘xshaydi. Bu qog‘oz 1000 yildan ziyod saqlanishi mumkin va hech qanday kimyoviy ishlov talab etmaydi. Shu sababdan XIII asrda Yevropa ilmiy markazlari “Samarkand tipidagi qog‘oz”ni import qilgan.

4. Registon maydonidagi geometriya akustik moʻjiza. Registon maydonida uchta madrasa shunday joylashganki, ular ovoz to‘lqinlarini bir nuqtaga yo‘naltiradi. Bu nuqtada tursangiz, go‘yo ovoz “havoda ilinib qolgandek” eshitiladi. Zamonaviy fiziklar buni konstruktiv interferensiya effekti deb izohlaydi.

5. Tilla Kori masjidi optik illyuziyaning shoh asari. Tilla Kori masjididagi oltin rangli naqshlar aslida haqiqiy tillo emas. Ularning yorqinligi optik illyuziya ta’siridagi yorug‘lik tarqalishi bilan yaratilgan ya’ni nur devorlarga turlicha urilishi sababli inson ko‘zi tillodek qabul qiladi. Bu XV asrdagi “optik dizayn”ning ilk namunasi.

6. Samarqandning obidalari “seysmik muhofaza” bilan qurilgan. Zaminning tektonik faolligi yuqori bo‘lganiga qaramay, asrlar davomida Samarqanddagi ko‘pgina binolar yemirilmagan. Sababi ularning poydevorida “gil va qum bilan amortizatsiya qati” qo‘llanilgan. Bu zamonaviy zilzilaga chidamli konstruksiyaning ilk namunasi hisoblanadi.

7. Samarqandda “harorat balansi” ilmiy asosda saqlangan. Shaharning qadimiy mahallalarida binolar shimol-g‘arbiy tomonga qarab qurilgan. Bu yo‘nalish yozda shamol oqimini yengil qabul qiladi, qishda esa shamoldan himoya qiladi. Natijada binolardagi harorat tabiiy tarzda barqaror bo‘lgan bu “passiv energiya menejmenti”ning ilk amaliyoti.

8. Samarqand jahon tillarining chorrahasi. Lingvistik tadqiqotlarga ko‘ra, XI–XIV asrlarda Samarqand bozorlarida kamida 12 ta tilda savdo qilingan: forsiy, turkiy, arabiy, xitoiy, hindiy, lotincha va boshqalar. Bu shaharni “ilk global muloqot markazi” deb atash mumkin.

9. Go‘ri Amir maqbarasi me’moriy DNK.

Maqbaraning sirt qismidagi izora va naqshlar “temuriy geometriya” deb ataladigan uslubda qilingan. Bu uslubda har bir naqshning burchagi va shakli matematik proporsiya (1:√2) asosida qurilgan. Bugungi arxitektura dizayn modellari uchun ham ilmiy manba bo‘lib xizmat qilmoqda.

10. Samarqand xotirani saqlovchi shahar. Arxeologlar aniqlaganidek, Samarqanddagi madaniy qatlamlar 15 metr chuqurlikkacha yetadi. Bu degani, har bir metr taxminan 500 yillik tarixni aks ettiradi. Ya’ni Samarqandning yer ostida minimum 7500 yillik sivilizatsiya qatlami bor.

Hurmatli talabalar, endi yurtimizdagi yana bir boqiy shahar xususida so‘zlashsak. Xo‘sh, Buxorodagi tarixiy obidalar haqida nimalar bilamiz?

Talabalar javobi.

O‘qituvchi: Barchangizga katta rahmat. Aytish mumkinki, Buxorodagi tarixiy obidalar miloddan avvalgi II asrlardan boshlab qurila boshlangan.

Misol uchun, mashhur Buxoro Arki o‘rnida miloddan avvalgi III-II asrlarda ham inshootlar mavjud bo‘lgan.

Ark asrlar davomida Buxoro hukmdorlarining qarorgohi, qal’asi bo‘lgan.

Buxoro madaniyati eng yuksalgan o‘rta asrlarda Arkda Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali Ibn Sino, Forobiy, Umar Xayyom kabi buyuk zotlar yashagan.

Abu Ali ibn Sino bunday yozadi: “Bu yer kutubxonasidan shunday kitoblarni topdim, ularni oldin ham, keyin ham hech qayerda ko‘rmadim. Ularni o‘qib chiqdim va menga olam sirlari ayon bo‘ldi”. 

Kelinglar, endi Ark haqida bir video ko‘ramiz.

Vizual kontent

Buxoro Arkidan “BUXORO”ni qidiramiz

O‘qituvchi davom etadi: Buxoro va Ark haqida noyob va ilmiy qiziq faktlar bor. Masalan:

1. Ark – dunyodagi eng uzoq yashagan davlat boshqaruv markazi

Buxoro Arki 2 000 yildan ziyod vaqt mobaynida hukmdorlar qarorgohi bo‘lib kelgan. Olimlarning hisobicha, u miloddan avvalgi IV asrda qurilgan va XX asr boshlarigacha, ya’ni 1920-yildagi Sovet bosqinigacha faol bo‘lgan. Demak, Ark – dunyodagi eng uzoq vaqt ishlagan “davlat saroyi” hisoblanadi.

2. Arkning me’moriy tuzilishi geopolitik strategiya bilan bog‘liq

Ark qal’asi shunday qurilganki, uning asosiy darvozasi (Registon tomon) sharqqa qaragan. Bu shunchaki estetik qaror emas – sharq tomondan quyosh chiqishi bilan qal’aning asosiy maydoni yoritilgan, bu esa himoya va siyosiy tantana ramzi bo‘lgan. Quyosh – hokimiyat va adolat timsoli sifatida qabul qilingan.

3. Ark ichida “akustik laboratoriya” bo‘lgan

Ark ichidagi Qushbegi masjidi va Devonxona binolarida maxsus ovoz aks-sado tizimi bor. Devorlar va shiftlar burchakli tarzda qurilgani sababli, hukmdorning ovozi minglab odam to‘plangan majlislarda mikrofonsiz ham barchaga yetib borgan. Zamonaviy akustika muhandislari buni “akustik simmetriya” deb ataydi.

5.     Ark – tabiiy sovitish tizimiga ega ilk binolardan biri

Ark devorlari maxsus “ikki qatlamli gil va xom g‘isht” aralashmasidan qurilgan. Orasidagi bo‘shliq havo oqimini ta’minlab, yozda sovuq, qishda issiq saqlagan. Bu – hozirgi “passive cooling architecture”ning ilk ko‘rinishi bo‘lgan.

6.     Buxoro – jahonning ilk “ilm kapitali” bo‘lgan shahar

X asrda Buxoroda 120 ta madrasa, 300 ta masjid va 30 mingdan ortiq talabalar bo‘lgan. Buxoro bu paytda shunday ilmiy muhitga aylanganki, hatto Xorazm va Hindistondan kelgan olimlar ham bu yerda tahsil olgan. Bu jarayon zamonaviy akademik mobillikning ilk tarixi hisoblanadi.

6. Ark tepaligi – geofizik asosda tanlangan

Buxoro Arki shaharning tabiiy baland nuqtasiga qurilgan. Zamonaviy geofizik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, bu nuqta yer osti suvlari yo‘nalishidan 3–5 metr yuqoriroqda joylashgan. Bu qal’ani suv bosishdan himoya qilgan va unga energetik barqarorlik bergan.

7. Ark hududidagi har bir binoda geometriya yashiringan

Ilmiy modellar ko‘rsatishicha, Ark ichidagi asosiy binolar (masalan, Qurolxona, Divonxona, Oq saroy) Fibonachchi sonlari asosidagi mutanosiblikda qurilgan. Bu holat intuitiv ravishda “oliy me’morlik zehni”ni ko‘rsatadi.

8. Buxoro astronomlari vaqtni hisoblashda Arkdan foydalanishgan

Ark devorining yuqori qismidagi maxsus burchak nuqtalari Quyosh chiqishi va botishini kuzatish uchun ishlatilgan. Bu nuqtalar yordamida haqiqiy mahalliy vaqt va Qibla aniqlangan.

9. Arkning nomida ramz yashiringan

“Ark” so‘zi faqat qal’a emas, balki, arab tilida “arkon”, ya’ni ustunlar ma’nosini ham beradi. Demak, Buxoro Arki faqat qurilish emas, balki, ma’naviy va ma’muriy markaz bo‘lgan.

10. Buxoro – “Axloqiy ilmiy maktab”ning boshlanishi

Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar aynan Buxoro ilmiy muhitining mahsuli bo‘lgan. Ular bu yerda faqat fan emas, axloqiy ilm – ya’ni ilmning insonga xizmat qilish qiymatini o‘rganishgan.

Marhamat, Buxoro arki haqida tayyorlangan qiziqarli videoni tomosha qilamiz.

Hurmatli talabalar, O‘zbekistonni dunyoga tanitgan yana bir qadimiy shahrimiz bor. Bu buyuk Xorazmshohlar, Xorazm xonlarining o‘rdasi joylashgan Xiva shahridir.

O‘qituvchi: Xo‘sh, Xivadagi Ichan qal’a tarixini biladiganlar bormi?

Talabalar javobi.

O‘qituvchi: Darhaqiqat, Xorazm O‘rta Osiyodagi eng qadimiy davlatchilik tarixiga ega. U haqdagi ilk ma’lumotlar “Avesto”, Bihistun tosh bitiklarida ham uchraydi.

Demak, 3 ming yil oldin ham Xorazmda turkiy qabilalar yashagan va davlat tizimi bo‘lgan. Xorazmdagi tarixiy obidalar ham o‘sha davrlardan buyon bunyod etilgan, urushlarda vayron bo‘lgan va qayta tiklangan.

Xorazm viloyatining o‘zida 260 dan ziyod madaniy meros obyekti mavjud. Bu viloyatning nafaqat qadimiy va tarixiy salohiyatidan dalolat beradi, balki bu yerdagi aholining tarixiy-madaniy meros obyektlariga nisbatan mas’uliyat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishi, ularni qadrlab, asrab-avaylashini ham ko‘rsatadi.

Shu yilning 25-may kuni Xorazmning Xiva shahrida “Arda Xiva” xalqaro turizm maskani tantanali ochildi. Ochilish marosimida hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ham qatnashdilar va nutq so‘zladilar. Prezidentimiz o‘z nutqlarida jumladan shunday dedilar:

“Biz bundan uch yil oldin Samarqandda “Boqiy shahar”, deb nom olgan yirik turistik majmuani ishga tushirgan edik. Bugun esa Xorazm zaminida “Arda Xiva”,  oddiy qilib aytganda, “Boqiy Xiva” kompleksi tantanali ravishda ochilmoqda. Bu noyob majmua ulkan rejalarimizning yana bir amaliy natijasidir.

Ishonchim komil, “Arda Xiva” Xorazmdagi turizm rivojida yangi sahifa ochadi, viloyatning ikkinchi “tashrif qog‘ozi”ga aylanadi”.

Ya’ni muhtaram Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, YUNESKO madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kirgan, demakki. Butun jahon sivilizatsiyasining noyob qismiga aylangan boqiy shaharlarimizga yangicha hayot baxsh etish, ularni jahon turizm maskanlariga aylantirish bugun Yangi O‘zbekiston siyosatining ajralmas qismidir. Prezidentimiz ana shu messejni alohida urg‘uladilar, ya’ni bu strategik ahamiyatga ega masala!

Endi bevosita Xivaning gultoji bo‘lgan Ichan Qal’a majmuasiga to‘xtalamiz. Xivaning ichki qal’asi (Shahriston) qismi Ichan qal’a va Dishan qal’a (tashqi qal’a) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan.

Ichan Qal’a haqida noyob va ilmiy qiziq faktlar

1. U “ochiq osmon ostidagi ilmiy laboratoriya”

Ichan Qal’a shunday tarzda qurilganki, u nafaqat muhofaza devori, balki qurilish injeneriyasi va geometriyaning noyob namunasidir. Devorlarning balandligi, qal’a ichidagi binolarning joylashuvi shamol va quyosh nurining aylanishiga mos ravishda hisoblangan. Bu o‘rta asrlardagi “ekologik me’morlik”ning ilk namunasi hisoblanadi.

2. Qal’a devorlari astronomik aniqlik bilan qurilgan

Ilmiy tahlillarga ko‘ra, Ichan Qal’a devorlarining to‘rt burchagi qariyb ideal 90° burchak hosil qiladi va ular Quyosh chiqishi hamda botishi yo‘nalishiga qarab qurilgan. Ya’ni bu faqat mudofaa devori emas, balki astronomik oriyentir vazifasini ham bajargan.

3. Qum va gilining maxsus formulasi

Qal’adagi devorlar va binolar mahalliy gil, qum va o‘simlik tolalarining maxsus nisbatdagi aralashmasidan yasalgan. Bu formula gilni issiqda yorilib ketishdan, sovuqda esa yemirilishdan himoya qilgan. Hozirgi kunda olimlar bu formulani “bio-kompozit qurilish materiali” deb atashmoqda.

4. Ko‘k minora (Kaltaminor) – “ilmiy sir”

Ko‘k minoraning balandigi atigi 29 metr, ammo uning diametri asosida 14 metr. Bu nisbat shunday aniq hisoblanganki, agar minora qurilishi to‘xtab qolmaganida, u barqarorlik markazini yo‘qotmasdan 100 metrgacha ko‘tarilishi mumkin bo‘lgan. Bu me’moriy jihatdan nodir injenerlik yechimi hisoblanadi.

5. Xiva madrasalarida dunyoviy fanlar ko‘p o‘qitilgan

Ichan Qal’adagi madrasalarda nafaqat diniy fanlar, balki matematika, astronomiya va mantiq darslari ham o‘qitilgan. Masalan, Muhammad Aminxon madrasasida talabalarga “Yevklid geometriyasi” asosida qurilish hisob-kitoblari o‘rgatilgan.

6. Qal’a ichidagi suv tizimi – o‘rta asr “Muhandislik moʻjizasi”

Ichan Qal’ada har bir hovli va binoga suv maxsus yer osti quvurlari orqali yetkazilgan. Bu tizim “kariz” deb atalgan va u suvni issiqda bug‘lanishdan saqlagan. Bu hozirgi zamon konditsionerlash va energiya tejamkor suv tizimlarining ilk prototipi hisoblanadi.

7. Madaniyat va axborot markazi sifatidagi ahamiyati

XIX asrda Xivadagi yozuvchilar va olimlar Ichan Qal’ani “qo‘lyozmalar shahri” deb atashgan. Chunki u yerda 4000 dan ziyod qo‘lyozma asar saqlangan, ularning ba’zilari hozir ham Buxoro va Sankt-Peterburg kutubxonalarida mavjud.

8.YUNESKO tomonidan “Inson xotirasining tirik namunasi”, deb e’tirof etilgan. 1990-yilda Ichan Qal’a YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritildi. U nafaqat arxitekturasi, balki, madaniy tizim sifatida to‘liq saqlanib qolgan yagona islomiy shahar sifatida tan olingan.

O‘qituvchi: Keling, sizlarga o‘zbek so‘mlardagi tarixiy obidalar bo‘yicha bir videoni namoyish qilsam, qaysi obidalarni bilarkansiz?

Videokontent.

Yangi o‘zbek so‘mlarida aks etgan tarixiy obidalar.

 

3-qism. Yakuniy qism. Xulosa

“Boqiy shaharlar” bu faqatgina tarixiy yodgorliklar emas, balki, xalqimiz tafakkuri, mehnati va ijodkorligining yorqin timsolidir. Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlar asrlar davomida ilm-fan, san’at, davlatchilik va ma’rifatning markazi bo‘lib kelgan. Ular nafaqat o‘z davrida, balki, butun insoniyat taraqqiyotida o‘chmas iz qoldirgan. Har bir go‘shasi, har bir toshi millatning o‘zligini, dunyoga qo‘shgan hissasini ifodalaydi. Shu ma’noda bu shaharlar bizning o‘tmishimiz bilan kelajagimizni bog‘lab turuvchi ma’naviy ko‘prikdir.

Bugun Yangi O‘zbekiston ana shu tarixiy merosdan ilhom olib, ma’rifatli va barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida dadil qadam tashlamoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan qayta tiklanayotgan “Boqiy shaharlar” nafaqat sayyohlik markazi, balki, milliy g‘urur va yurtboshilik ramziga aylanmoqda. Ular bizga bir haqiqatni eslatadi: agar millat o‘z ildizini unutmasa, uning kelajagi ham abadiy bo‘ladi. Shunday ekan, “Boqiy shaharlar” bu faqat o‘tmish emas, balki, buyuk kelajakka eltuvchi yo‘ldir.

Yakun

Yakunda boqiy shaharlar haqidagi talabalarning savollariga o‘qituvchi javob beradi.