
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlar xodimlari bilan muloqot qildi
Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova "1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan vazirlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlar xodimlari bilan muloqot qildi.
Unda sohada mehnat qilayotgan bir qator mas’ullar tarmoq mukofotlari bilan taqdirlandi.
_____________
🔰 Shu kuni vazir E'zoza Karimova nodavlat ta’lim tizimi rahbarlari va xodimlari bilan ham uchrashdi.
Unda bugungi kunda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash, bunda tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda bir guruh nodavlat ta’lim muassasalari rahbarlari va xodimlariga "Xalq ta’limi fidoyisi" va "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishonlari topshirildi.