Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova YUNESKO Bosh direktorining Ta'lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Stefaniya Janini bilan muloqot olib bordi
➖ Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Stefaniya Janini O'zbekistonda YUNESKOning Bosh konferensiyasini o'tkazishga doir tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholadi.
YUNESKO bilan hamkorlikda amalga oshrilayotgan ta'lim sohasidagi loyiha va tashabbuslar kelajakda mamlakat yoshlari uchun muvaffaqiyatli natijalarga erishishda o'z hissasini qo'shishi taʼkidlab o‘tildi.
Stefaniya Janini O‘zbekistonda tashkil etilayotgan Maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ikkinchi toifali mintaqaviy markaz soha rivojiga katta hissa qo‘shishini alohida eʼtirof etdi.