Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1000 tupga yaqin daraxt ekildi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1000 tupga yaqin daraxt ekildi
🌿 Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova boshchiligida vazirlik jamoasi Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Oybuloq qishlog‘i hududida belgilangan yer maydonida daraxt ekish tadbiri tashkil etildi.
🔰 Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Toshkent viloyati hokimligi mas’ullari ham ishtirok etdi.
“Yashil makon" loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur tashabbus davomida 8-9-noyabr kunlari 1000 tupga yaqin murakkab yer sharoitiga moslashuvchan daraxt ko‘chatlari ekildi.