Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Yangi O‘zbekiston” gazetasining bugungi sonida “Markaziy Osiyo yangi davr ostonasida” sarlavhali maqolalari chop etildi (https://t.me/yuz_official/65338).

— Markaziy Osiyo oʻz taraqqiyotining yangi, tarixiy ahamiyatga molik bosqichiga qadam qoʻymoqda. Bugun biz chinakam birdamlik bosqichiga oʻtyapmiz. Bizning mintaqamizda uzoq yillar davomida ilk bor birgalikda oldinga qarab borishimiz uchun poydevor boʻlib xizmat qilayotgan oʻzaro ishonch, yaxshi qoʻshnichilik va hurmat muhiti shakllanmoqda, — deyiladi maqolada.

Davlatimiz rahbari ta'kidlashlaricha, bu jarayon “o‘z-o‘zidan” emas, balki Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari siyosiy irodasi, aniq maqsadga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlari natijasidir. Mintaqada o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va hurmat muhiti mustahkamlanib, hamkorlik keng ko‘lamdagi zaruratga aylandi.

Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari yangi mintaqaviy hamkorlik arxitekturasini yaratganini, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sammit esa barqaror, o‘zaro bog‘liq va farovon Markaziy Osiyoni barpo etishda muhim bosqich bo‘lishini qayd etdilar.