Mehrli maktab gospital maktabi o‘qituvchilari Moskvada
Mehrli maktab gospital maktabi o‘qituvchilarini 30–31-oktyabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyadagi muvaffaqiyatli chiqishlari bilan tabriklaymiz. Pedagoglar bolaning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolish, hissiy holatini qo‘llab-quvvatlash va uzluksiz ta’limni ta’minlashga yordam beradigan usullarga alohida e’tibor qaratgan holda, uzoq muddat davolanayotgan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasini taqdim etdilar.
Konferensiyada ishtirok etish gospital pedagogika sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni samarali ta’lim bilan ta’minlash bo‘yicha innovatsion tajribalar almashishda muhim qadam bo‘ldi.