Namanganlik o‘quvchilardan innovatsion loyihа: atrof-muhit parametrlarini real vaqt rejimida kuzatadigan “Clima Sense” qurilmasi
⏰ Namanganlik o‘quvchilardan innovatsion loyihа: atrof-muhit parametrlarini real vaqt rejimida kuzatadigan “Clima Sense” qurilmasi
✅ Uchqo‘rg‘on tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Nafisa Dilmurodova hamda 10-sinf o‘quvchisi Muazzam Nabijonova tomonidan atrof-muhit parametrlarini real vaqt rejimida kuzatish va favqulodda holatlar yuzaga kelishi ehtimoli haqida oldindan ogohlantirishga mo‘ljallangan “Clima Sense” nomli avtomatlashtirilgan qurilma yaratildi.
🔰 Mazkur moslama tarkibiga o‘rnatilgan sensorlar harorat, namlik, shamol kuchi hamda boshqa meteorologik ko‘rsatkichlarni aniqlik bilan o‘lchab boradi. Olingan ma’lumotlar Arduino yoki ESP32 mikrokontrollerlari orqali qayta ishlanadi.
➖ Agar parametrlar oldindan belgilangan me’yorlardan chetga chiqsa, tizim avtomatik tarzda displeyda ogohlantiruvchi ma’lumotni chiqaradi hamda buzzer orqali ovozli signal beradi. Shuningdek, qurilmaga ulangan SMS-modul yordamida foydalanuvchiga masofaviy xabarnoma yuborish imkoniyati yaratilgan.
🌐 Innovatsion tizim meteorologik o‘zgarishlarni erta aniqlash orqali tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, ekinlar uchun optimal mikroiqlim yaratish, issiqxonalarda energiya samaradorligini oshirish hamda aholi xavfsizligini ta’minlashga ko‘maklashadi.