Oʻquvchilarning xalqaro fan olimpiadalaridagi ishtiroki yoʻnalishida
👉 2025-yilda yurtimiz oʻquvchilari 29 ta xalqaro olimpiadada munosib ishtirok etdi va 210 ta medal (40 ta oltin, 78 ta kumush, 92 ta bronza)ni qoʻlga kiritdi.
➖ Fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi hamda BAAda boʻlgan xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, Boliviyada boʻlgan xalqaro informatika olimpiadasida — ilk kumush bilan taqdirlandi.
👉 Oʻquvchi qizlar ilk marta Yevropa qizlar matematika olimpiadasida qatnashdi hamda 3 ta (1 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.
➖Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza)
➖ Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.
👉 Joriy yilda yurtimiz oʻquvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza), xususan:
➖ Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
➖ Avstraliyada 105 davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
➖ Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
➖ Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza;
👉 Xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (10 ta kumush, 3 ta bronza), xususan:
➖ Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 9 ta kumush (5 ta kubok);
➖ Tailandda 50 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;
➖Baku shahrida 42 ta davlat ishtirokida oʻtkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza, shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medalni qoʻlga kiritdi.