Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi tegishli qarori bilan “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi tegishli qarori bilan “Xavfsiz taʼlim” konsepsiyasi joriy etiladi.  Unga koʻra: 

➖ davlat taʼlim muassasalari, nodavlat taʼlim tashkilotlari va xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlari filiallarining xavfsizligi shartnoma asosida jismoniy va texnik qoʻriqlash tizimlari orqali taʼminlanadi;

➖ Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qoʻriqlash departamenti tomonidan shartnoma asosida taʼlim muassasalariga qoʻriqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari, videokuzatuv moslamalari oʻrnatiladi va ularga texnik xizmatlar koʻrsatiladi.