Pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimovning maqolasi SCOPUS bazasidagi jurnalda nashr qilindi

Pedagogika fanlari doktori X. Ibraimov. bosh muallifligida yozilgan “Digital Platforms as Catalysts for Student Volunteerism in Inclusive Education” nomli ilmiy maqola SCOPUS ma’lumotlar bazasida indekslangan xalqaro nashrda chop etildi.

Maqola Qubahan Academic Journal jurnalining yaqinda nashr qilingan sonida e’lon qilingan bo‘lib, maqola DOI: 10.48161/qaj.v5n4a2137 orqali maqola matniga doimiy havola bilan ulanish mumkin.

Ushbu ilmiy tadqiqot digital platformalarning inkluziv ta’lim jarayonida talaba ko‘ngillilik faoliyatini rag‘batlantiruvchi vosita sifatidagi rolini chuqur tahlil qiladi. Ishda talabalar orasida ijtimoiy inklyuziya, qonuniy moslashuvchanlik va iqtisodiy barqarorlik elementlari asosida raqamli platformalar orqali ko‘ngillilikni qanday kengaytirish mumkinligi ko‘rib chiqiladi.

Maqolada aniqlanishicha, digital platformalar universitet ijtimoiy muhitida talabalar o‘rtasida hamkorlik, ijtimoiy tarmoq va himoya siyosatlarini yanada mustahkamlash orqali inklyuziv ta’limni rivojlantirishda muhim omil bo‘la oladi.

Bu muvaffaqiyat pedagogika fanlari sohasidagi ilmiy salohiyatimizning xalqaro miqyosda tan olinayotganligini yana bir bor tasdiqlaydi.