
Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichi natijalari e'lon qilindi.
Prezident sovrini uchun o'tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining respublika bosqichida:
🥇1-o‘rin — Namangan viloyati, Yangiqo'rg'on tumanidagi 10-maktab jamoasiga;
🥈2-o‘rin — Navoiy viloyati, Zarafshon shahridagi 3-maktab jamoasiga;
🥉3-o‘rin — Sirdaryo viloyati, Shirin shahridagi 2-maktab jamoasiga nasib etdi.
Til ko‘nikmalari nominatsiyalari bo‘yicha:
➖ “The best writer” — Sirdaryo viloyati, Shirin shahri 2-maktab o‘quvchisi Lutfiya Mirzayeva;
➖ “The best speaker” — Xorazm viloyati, Urganch shahar, 15-maktab o‘quvchisi Shahzodbek G‘anijonov;
➖ “The best reader” — Qashqadaryo viloyati, Koson tumani, 9-maktab o‘quvchisi Sanjana Shodmonova;
➖ “The best listener” — Buxoro viloyati, Buxoro tumani, 1-maktab o‘quvchisi Nozanin Achilova g'olib, deb topildi.