
QIZ BOLAGA TA’LIM BERISH — MILLATGA TA’LIM BERISH DEMAKDIR.
Yurtimizda ayol-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va bandligini ta’minlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash, ayol-qizlarning ta’lim olishi, zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, kasb-hunar bilan ta’minlashga doir qator muhim islohotlarni amalga oshirdi.
Jumladan, shartnoma asosida o‘qiydigan qizlarning shartnoma puli davlat byudjetidan qoplab berilishi, doktoranturada maqsadli kvotalarning ajratilmoqda. Shuningdek, homilador hamda yosh bolasi bor talaba-ayollar uchun masofaviy o‘qish imkoniyati yaratilishi belgilangan. Ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan talaba qizlarning ta’lim kontrakti esa mahalliy byudjetdan to‘lab berilmoqda.