QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI BO'LIM BOSHLIG'I R.SAFAROVA — “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” G‘OLIBLARI QATORIDA
2025-yilgi “Science and Innovation Awards” tanlovida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor R. Safarovaning “Mutafakkir va jadidlarning konseptual qarashlari asosida o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga oid yondashuvlar” nomli monografiyasi “Science and Innovation Awards 2025” doirasida “TOP 10 ilmiy nashr” nominatsiyasi ro‘yxatidan munosib o‘rin egalladi.
Mazkur ilmiy nashrda milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligida shakllangan mutafakkirlar hamda jadidlar pedagogik merosi chuqur ilmiy tahlil qilinib, ularning g‘oyalarini zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq etishning samarali konseptual yondashuvlari asoslab berilgan.
Monografiyada, ayniqsa, o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati, milliy o‘zlikni anglash ruhida tarbiyalash masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritilgani mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi.
Ushbu e’tirof Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining salohiyati, professor-o‘qituvchilarining ilmiy maktabi va milliy pedagogika rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissasining yana bir yorqin tasdig‘i hisoblanadi.