Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti delegatsiyasi institut direktori X.Ibraimov rahbarligida

⭕️ #xalqaro_hamkorlik 

🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti delegatsiyasi institut direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik X.Ibraimov rahbarligida 2025-yil 14-17-noyabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Almata shahriga tashrif buyurishdi. U yerda Almata shahridagi ko‘plab ta'lim muassasalari, shuningdek, Koreya Respublikasi KAIST universiteti professori, Koreya Respublikasi Ta'lim va madaniyatni rivojlantirish xalqaro tashkiloti rahbari Won Dong Yeon jamoasi bilan ham uchrashuvlar tashkil etildi. 
 
🔸Uchrashuvlar davomida  ta'lim-tarbiya yo‘nalishida olib borilayotgan eng so‘nggi yangiliklar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish va shu yo‘nalishda yosh olimlarni  tadqiqot ishlarini ommalashtirish masalalari muhoqama qilindi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.