Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, p.f.d., akademik X.Ibraimov rahbarligida institut jamoasi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi.


🏛Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, p.f.d., akademik X.Ibraimov rahbarligida institut jamoasi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi.

🔹 Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning ilg‘or usullari va zamonaviy mexanizmlarini o‘rganish, shuningdek, o‘zaro tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

🔸Tashrif davomida maktabning pedagogik jamoasi bilan o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning dolzarb masalalari, innovatsion yondashuvlar va samarali metodlar haqida davra suhbati o‘tkazildi. Suhbatda o‘quvchilarda milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayonining roli xususida fikr almashildi.

🔹Tashrif yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni davom ettirish, vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha qo‘shma loyihalar va tadbirlar tashkil etishga kelishib oldilar.