
"Bo‘lajak yosh muhandislar" fan olimpiadasi – maktab bitiruvchilari uchun ajoyib imkoniyat!
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va so‘nggi vaqtlarda oliy ta’lim muassasalari ham bu yo‘nalishda yanada faollashmoqda. Xususan, joriy yilning aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan maktab bitiruvchilari uchun “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
Olimpiadaning ahamiyatli jihati shundaki, unda faqatgina 11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin bo‘lib, ular fizika, matematika va kimyo fanlari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa yoshlarimizga kelajakdagi muhandislik yo‘nalishida o‘z salohiyatlarini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.
🏆 G‘oliblarni esa quyidagi qimmatbaho mukofotlar kutmoqda:
🥇 1-o‘rin – “Damas” avtomobili (3 dona)
🥈 2-o‘rin – 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
🥉 3-o‘rin – 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
Bu kabi loyihalar o‘quvchilarimizni bilim olishga, yangi cho‘qqilarni zabt etishga undaydi. Olimpiadada ishtirok etish va munosib natijalarga erishish uchun hozirdan tayyorgarlikni boshlang! 🚀