"Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi doirasida oʻquv seminarlari tashkil etilmoqda
✅ Xabaringiz bor, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan "Kelajak uchun xorijiy til" loyihasi boʻlib oʻtmoqda.
➖ "Toshkent tajribasi" asosida yoʻlga qoʻyilgan mazkur loyiha doirasida bugun poytaxtimizdagi umumtaʼlim maktab direktor oʻrinbosarlari uchun oʻquv-seminarlari tashkil etildi.
➖ Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov, vazirlik hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirok etdi.
🔰 Tadbirdan asosiy maqsad, maktablarda xorijiy tillar fanini oʻqitish samaradorligini oshirish, xorijiy mutaxassislar hamda mahalliy pedagoglar bilan ishlashda zarur boʻladigan koʻnikmalar atroflicha muhokama qilindi.
➖ Shuningdek, chet tillarini oʻqitish darajasini oshirish maqsadida dars taqsimotini qayta koʻrib chiqish, dars jadvallariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha maktab masʼullariga zarur tushuntirishlar berildi.
👉 Mazkur oʻquv seminar tadbirlari ertaga ham davom etadi. Unda chet tili oʻqituvchilari hamda xorijiy mutaxassislar ishtirokida xorijiy tillarni oʻqitishga qaratilgan qator mavzularda muloqotlar tashkil etiladi.