"Murabbiyni ulugʻlagan Konstitutsiya"
🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, akademik Ibraimov Xolboy Ibragimovichning "Murabbiyni ulugʻlagan Konstitutsiya" nomli maqolasi "Maʼrifat" gazetasida chop etildi.
Imoratning mustahkamligi uning poydevoriga bog‘liq bo‘lgani kabi har qanday huquqiy demokratik davlatning ham unga mos va xos tamal toshi – Konstitutsiyasidir. 2023-yilning 1 mayidan umumxalq referendumi asosida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuchga kirdi. Uzoq muhokamalar, xorijiy va mahalliy ekspertlarning taklif va fikr-mulohazalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65 foiz yangilandi. Unga 10 ta asosiy o‘zgartish kiritildi.