Shavkat Mirziyoyev Belgiyaga rasmiy tashrifi doirasida Yevropaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan davra suhbati o‘tkazdi.

Uchrashuvda davlatimiz rahbari hamkorlikni yanada chuqurlashtirishning to‘rtta muhim yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi:

1. Xom-ashyo va minerallarni chuqur qayta ishlash orqali tayyor mahsulot ishlab chiqarish.

2. “Yashil iqtisodiyot” va kimyo sanoati.

3. Infratuzilma, logistikani rivojlantirish — avtomobil yo‘llari, temir yo‘llar, aeroportlar, zamonaviy tranzit yo‘nalishlari.

4. Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari — IT-parklar, startap inkubatorlar, sun’iy intellekt va kiberxavfsizlik sohalari.

Bryusselda Shavkat Mirziyoyevning Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (https://president.uz/oz/lists/view/8589).

Unda energetika, kimyo, muhim minerallar, logistika, to‘qimachilik va farmatsevtika tarmoqlarida umumiy qiymati 10 mlrd yevrodan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Shuningdek, ishbilarmonlik va gumanitar aloqalarni mustahkamlash uchun viza tartibotlarini soddalashtirish muhimligi qayd etildi.