Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazdi
Prezident dastlab Oq uyning Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
So‘ng Oval xonada yetakchilar muzokara o‘tkazdilar. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar, shu jumladan, “C5+1” formatida Markaziy Osiyo va AQSH o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida davlatimiz rahbari AQSH yetakchisini o‘zi uchun qulay muddatda O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etdi.