“Ta’lim tarbiyaviy jarayonlarning raqamli pedagogik ta’minotini ishlab chiqish strategiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi

🏛 Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida 2025-yil 24-noyabr kuni  “Ta’lim tarbiyaviy jarayonlarning raqamli pedagogik ta’minotini ishlab chiqish strategiyalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

🔹 Unda mamlakatimiz va xorijiy oliy ta’lim muassasalari olimlari, tadqiqotchilar hamda amaliyotchi pedagoglar ishtirok etishdi.

🔸 Anjumanda ta’lim-tarbiya sohasida raqamli pedagogik ta’minoti o‘rni, ahamiyati va undan foydalangan holda ta’lim tizimining barcha bo'g'inlarida faoliyatni tashkil qilish, boshqarish, o‘quv fanlarini o'qitish samaradorligini oshirishda foydalanish vazifalarini takomillashtirish, shu sohadagi mutaxassislarni tayyorlashda mavjud muammolarini o'rganish va ularning yechimlarini ishlab chiqish va tatbiq qilish tizimlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

📘 Mazkur xalqaro anjuman ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohalarida yangi g‘oyalar va innovatsion yondashuvlarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.