Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi

✅ Bugun Ikkinchi O‘zbekiston–Xitoy ta’lim forumining rasmiy ochilish marosimi tashkil etildi. 

📍 Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Xitoy Xalq Respublikasi Ta’lim vaziri Xuay Tszinpen hamda mas’ullar ishtirok etishdi.

⏰ Shuningdek, forumda Xitoyning turli oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari hamda kasb-hunar markazlari vakillari, O‘zbekistondan 160 dan ortiq ta’limtashkilotlari vakillari qatnashmoqda. 

Tadbir davomida:

➖ ikki davlat o‘rtasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishida hamkorlik, 
➖ta’lim jarayoniga sun’iy intellektni joriy etish,
➖ta’lim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasiga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi.

➖ Bundan tashqari, talabalar ishtirokida milliy madaniyatimiz va urf-odatlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma hamda universitet binosida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.