ugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Kelajak soati” mashg‘ulotlarida qatnashdi
Bugun Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri o‘rinbosari Farhod Boqiyev Namangan shahridagi 3-umumta’lim maktabida tashkil etilgan "Kelajak soati” mashg‘ulotlarida qatnashdi.
🔰 “Bag’rikenglik” mavzusida o'tkazilgan bu galgi mashg‘ulotlarda o‘zaro hurmat va millatlararo totuvlik tuyg‘ularini mustahkamlash, kelajak avlodni do‘stlik hamda hamjihatlik ruhida tarbiyalash kabi tushunchalar xususida fikr almashildi.
✍️ Jarayonda vazir o‘rinbosari yoshlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi va ularning mulohazalariga quloq tutdi.