Vazir maktabda dars oʻtdi
1-dekabr kuni maktablarda “Kelajak soati” darslarining “Mening huquqlarim” deb nomlangan mavzudagi darslari boʻlib oʻtdi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov poytaxtimizdagi 9-ixtisoslashgan maktabda “Kelajak soati” darsida ishtirok etdi. Adliya vaziri darsga oid kontentlarimizda ham faol ishtirok etgan edi. Hayotiy misollar, jonli muloqot, qizgʻin savol-javob bilan oʻtgan bugungi dars oʻquvchilarda katta qiziqish uygʻota oldi.
“Kelajak soati” darslari joriy oʻquv yilidan boshlab barcha ta’lim muassasalarida oʻtilmoqda. Qisqa vaqt ichida darslar oʻquvchilar orasiga kirib borib, eng sevimli mashgʻulotlardan biriga aylanib ulgurdi. Darslar uchun tayyorlanayotgan ssenariy, ular asosidagi kontentlarda olimlar, ziyolilar, rahbarlar, vazirlarning ham faol ishtirok etayotgani quvonarli hol, albatta.
Adliya vaziri – mamlakat bosh yuristining shaxsan oʻzi maktabga kelib huquq mavzusida dars oʻtib berishi bu ta’limga, kelajagimiz boʻlgan yoshlarimiz bilim olishiga bo‘lgan e’tiborning yaqqol koʻrinishi, deb oʻylayman.
Boshqa hamkasblarimiz, soha vakillari, ziyolilardan ham ana shunday faollikni kutamiz.