QORI NIYOZIY NOMIDAGI TARBIYA PEDAGOGIKASI MILLIY INSTITUTI — “SCIENCE AND INNOVATION AWARDS 2025” G‘OLIBLARI QATORIDA

2025-yilgi “Science and Innovation Awards” tanlovida Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti “Eng yaxshi ilmiy tadqiqot institutlari” ro‘yxatidan o‘rin oldi.

Mazkur e’tirof institutning ta’lim va tarbiya sohasidagi fundamental hamda amaliy tadqiqotlari, innovatsion metodikalar yaratishdagi izchil faoliyati, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi tizimli ishlari yuqori baholanganidan dalolat beradi.

Tanlov doirasidagi ushbu e'tirof institutning zamonaviy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqishdagi tashabbuslari, pedagogik innovatsiyalarni ta’lim amaliyotiga joriy etishdagi samaradorligi, xalqaro ilmiy hamkorlikni kuchaytirish borasidagi loyihalarining natijasi hisoblanadi.