Yurtimiz bo‘ylab “MUVOZANAT” treninglari davom etmoqda

🔴 Yurtimiz bo‘ylab “MUVOZANAT” treninglari davom etmoqda

Maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun “Muvozanat” loyihasi doirasida ikki kunlik psixologik treninglar bo‘lib o‘tmoqda. 

➖ Mazkur o‘quvlar pedagoglarning emotsional salomatligini mustahkamlash, professional charchashning oldini olish hamda ularni ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Treninglar davomida:
➖ emotsional holatni tiklash va stressni boshqarish;
➖ professional va hissiy charchashning oldini olish usullari;
➖ jamoada sog‘lom va do‘stona muhit yaratish;
➖ o‘z-o‘zini boshqarish va emotsional qo‘llab-quvvatlash texnikalari;
➖ emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish;
➖ ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlikning oldini olish kabi mavzular muhokama etilmoqda.